Vinisius Ispaniyani JCH-2026 favoritlaridan biri deb hisoblaydi: "Ular Evroda g'olib chiqishdi, ularda Yamal bor"

28 may 2026, 09:20
Braziliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior Ispaniya terma jamoasini bo'lajak jahon chempionatida g'oliblikka asosiy da'vogarlardan biri sifatida tilga oldi.

"Ispaniya - jahon chempionati favoritlari qatorida. Ular Evroda g'olib chiqishdi, ularda Lamin Yamal bor", - dedi Vinisius Caze TV ning yutub kanaliga bergan intervyusida.

Braziliyalik vinger Ispaniya terma jamoasining 18 yoshli futbolchisini alohida etirof etdi:

"Lamin - dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Muxlislar mana shunday o'yinchilarning harakatlarini ko'rish uchun ham chipta sotib olishadi".

Eslatib o'tamiz, Lamin Yamal Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yosh debyutant va eng yosh gol muallifiga aylangan, shuningdek, Evro-2024 ning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi. Ispaniya terma jamoasi ushbu turnir finalida Angliyani mag'lub etib (2:1), chempionlik unvonini qo'lga kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Caze TV