"Unga tegishli". Vinisius JCHda Neymar 10-raqam ostida o'ynashini ma'lum qildi

27 may 2026, 08:20
Braziliya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi hujumchisi Vinisius Junior hujumchi Neymar bo'lajak jahon chempionatida 10-raqam ostida harakat qilishini aytdi.

"JCH-2026'da qaysi raqam nasib qilishini bilmayman, lekin Neymar 10-raqamni kiyishi aniq!", - deya Vinisiusning so'zlarini keltirmoqda CazeTV.

Vinisius Braziliya milliy terma jamoasi safida bir necha bor 10-raqam ostida maydonga tushgan edi. Neymar esa terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. 34 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 128 ta o'yinda 79 ta gol urgan. Har ikki futbolchi ham 2026 yilgi jahon birinchiligiga chaqirilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: CazeTV