25 yoshgacha bo'lgan eng ko'p daromad topadigan sportchi kim?

Aslanov Jasurbek
27 may 2026, 13:35
Forbes jurnali so'nggi 12 oy ichida dunyoning eng ko'p daromad topgan 25 yoshgacha bo'lgan sportchilari reytingini e'lon qildi.

Birinchi o'rinni "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland egalladi - uning daromadi 80 million dollarni tashkil etdi.

Kuchli oltilik (top-6) to'liqligicha quyidagicha ko'rinish olgan:

  • Xoland (futbol) – 80 mln dollar;

  • Entoni Edvards (basketbol) – 69 mln dollar;

  • Karlos Alkaras (tennis) – 61,5 mln dollar;

  • Vinisius Junior (futbol) – 60 mln dollar;

  • Keyd Kanningem (basketbol) – 58,6 mln dollar;

  • Yannik Sinner (tennis) – 54,6 mln dollar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Forbes