Peres "Real"ga Mourinyuning kelishi haqidagi savolga piching bilan javob qaytardi

28 may 2026, 08:30
"Real" prezidenti Florentino Peres jamoaning bo'lajak murabbiyi haqidagi savolga piching bilan javob qaytardi.

Avvalroq, klubni Joze Mourinyu boshqarishi haqida xabar berilgan edi. Shartnoma imzolanishi madridliklarning muddatidan oldin o'tkaziladigan prezidentlik saylovlarigacha qoldirilgani aytilmoqda - portugaliyalik mutaxassis agar Peres qayta saylansa, jamoaga qaytadi.

– Florentino, Mourinyu "Real"ning navbatdagi murabbiyi bo'ladimi?

– Nima desam ekan, o'zim murabbiy bo'lish haqida o'ylab turibman…

– Mourinyuni tayinlamoqchimisiz?

– Yo'q, men, men o'zim bo'laman, – dedi Peres CMTV/Now muxbirlariga.

O'xshash yangiliklar


Manba: CMTV/Now