

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Angliya klubi rahbariyati va Saudiya Arabistonidan bo'lgan egalari kataloniyaliklarning rasmiy taklifini qabul qilgan.
"Barselona" Gordon uchun 70 million evro va qo'shimcha bonuslar to'laydi. Umumiy summa 80 mln evrodan oshadi. Entoni tibbiy ko'rikdan o'tish va shartnoma imzolash uchun shu hafta Ispaniyaga yo'l oladi.
Gordon bu mavsum APLning 26 ta o'yinida 6 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



