"Kristal Pelas" finalda "Rayo Valekano"ni mag'lub etib, Konferenciyalar ligasi g'olibiga aylandi

28 may 2026, 07:26
Konferenciyalar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi final uchrashuvi yakunlandi.

Unda Angliyaning "Kristal Pelas" va Ispaniyaning "Rayo Valekano" jamoalari o'zaro to'qnash kelishdi. O'yin Leyptsig shahridagi shu nomli stadionda bo'lib o'tdi. Bahsni bosh hakam sifatida Mauricio Mariani boshqarib bordi. O'yin londonliklarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi yagona golga Jan-Filipp Mateta mualliflik qildi. "Kristal Pelas"ning fransiyalik hujumchisi ikkinchi bo'lim boshida, yani 51-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Shu tariqa, "Kristal Pelas" o'z tarixida ilk bor evrokubok turnirida g'oliblikni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia