Romano Robertsonning yangi jamoasini ma'lum qildi. Himoyachi APLda qoladi

28 may 2026, 08:55
"Tottenxem" himoyachi Endryu Robertson bilan o'tish bo'yicha og'zaki kelishuvg erishdi.

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

"Yuventus"dan taklif bo'lganiga qaramay, tomonlar yaqin orada shartnoma imzolashi kutilmoqda. "Shporlar" 32 yoshli shotlandiyalik futbolchini joriy yilning yanvar oyidayoq o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.

Robertson 2017 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib keladi. Uning shartnomasi 30 iyungacha mo'ljallangan. Himoyachi "qizillar" safida jami 378 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 69 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano