

"Men klubga kelishimdan oldin ham Pep men uchun ilhom manbai edi. Uning qo'l ostida o'ynash va to'qqiz yildan so'ng uning boshchiligida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchiga aylanish - men uchun haqiqatan ham katta sharaf.
U "Manchester Siti"ga kelganida, ko'pchilik Premer-ligada uning uslubida ustunlik qilish mumkin emas deb hisoblardi… Nima ham derdim, ular adashishgan ekan. Pep nafaqat ustunlikka erishdi, balki xuddi boshqa mamlakatlarda qilganidek, Angliyadagi o'yin uslubini ham o'zgartirib yubordi. Ko'plab g'alabalardan keyin ham yangidan-yangi muvaffaqiyatlarga intilish va ambiciyalar men uchun kuchli ilhom manbai bo'lib xizmat qildi.
Shaxsan men uchun u futbolda doim "otam" bo'lgan va shunday bo'lib qoladi. O'tmishda ko'plab murabbiylar mening o'yinimdagi bazi xususiyatlarni kuchsiz jihat deb hisoblashgan, ammo u birinchi kundanoq bunda kuchli tomonlarni ko'ra oldi va meni tushundi. Insoniylik nuqtayi nazaridan, oramizdagi mehribonlik, ishonch va o'zaro hurmat menda alohida faxr tuyg'usini uyg'otadi va bu futbol chegaralaridan ancha tashqariga chiqadi. Men undan o'zim va oilam uchun qilgan barcha ishlari uchun cheksiz minnatdorman.
Barcha xotiralar va tajriba uchun rahmat - tarixdagi eng buyuk murabbiy Xosep Gvardiolaga!" - deb yozdi Silva ijtimoiy tarmoqda.



