

Braziliyalik futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
"Real" xotirjam, men ham xotirjamman. Prezident menga ishonadi, men esa unga. Shunchaki kutish va har bir kunni, har bir lahzani dunyoning eng yaxshi klubida zavqlanib o'tkazish kerak.
O'zimni hech qachon "Real"dan tashqarida tasavvur qilmaganman. Bu yerda o'tkazayotgan har bir onimdan chinakamiga zavqlanaman, chunki bu - orzumdagi klub. Men hamisha shu yerda, uzoq vaqt davomida o'ynashni orzu qilganman.
Hozir yoshligimga qaramay, jamoa sardorlaridan biriman. Bu tarixda sanoqli marta yuz beradigan muhim yutuqdir. Shu sababli har bir lahzadan zavq olyapman.
Butun umrim davomida shu yerda qolishni istayman, ammo shartnomani uzaytirishga shoshilmayapman", - dedi Vinisius Caze TV telekanaliga bergan intervyusida.



