Rashid G'ofurov: "Maydonda harakat qilgan yigitlarga etirozim yo'q"

Administrator
28 may 2026, 00:50
O'zbekiston Kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Yaypan" - "Surxon" (1:2) uchrashuvidan keyin matbuot anjumani tashkil etildi. Bunda "Yaypan" bosh murabbiyi Rashid G'ofurov ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?
- Bugungi o'yindan va mag'lubiyatdan tushkunlikka tushmaslikka harakat qilamiz. Nasib qilsa keyingi bellashuvlarda g'alaba qozonib muxlislarni xursand etamiz. Juda qiziqarli bahs guvohi bo'ldik, ikkinchi tarkibimiz bilan Superliga jamoasiga jiddiy qarshilik ko'rsata oldik deb o'ylayman. Asosiy tarkibdan 8-9 nafar futbolchiga dam berdik. Ular bizga Proligada ko'prok kerak. Maydonda harakat qilgan yigitlarga etirozim yo'q. Endi baribir Superliga o'z nomi bilan Superliga, oradagi farq bilinadi.

- Avvalgi matbuot anjumanlaridan birida g'alaba qozongan tarkibni almashtirishni xohlamayman degandingiz. Bu fikr asosan Proliga o'yinlariga to'g'ri kelyapti, lekin Kubokda rotaciya amalga oshirildi
.
- Ha, to'g'ri. Kubokda boshqalarni ham ko'zdan kechirib olishni niyat qilgandik. Kubokda guruhdan chiqdik ham deylik, lekin qaergacha boramiz? Albatta, qancha uzoq borsak shuncha yaxshi, lekin hamma o'z kuchiga baho berib harakat qilishi kerak. Agar o'yinlar orasi bir hafta bo'lsa, men ham to'liq asosiy tarkibni o'ynataman.

Bugungi ob-havoda asosiy tarkib tushganida futbolchilarga yuklama yanada og'ir bo'lardi. Chunki oldinda Proliga bahslari kutyapti. Proliganing barcha o'yinlari biz uchun og'ir o'tyapti, qaniydi 2:0, 3:0 hisobida oldinda borayotgan bo'lak, men ham boshqalarga imkon berardim. Lekin ularni Kubokda sinab olmasak, boshqa qachon shunaqa imkon bo'ladi? Chempionatda umuman o'ynamaganlar Kubok orqali amaliyotga ega bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Championat.asia