Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati uchun qaydnomasi e'lon qilindi

28 may 2026, 08:03
JAR futbol federatsiyasi o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida yaqinlashib kelayotgan yozda AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan 2026 yilgi jahon chempionati uchun milliy terma jamoaning ro'yxatini e'lon qildi.

Darvozabonlar: Ronven Uilyams, Rikardo Goss, Sifo Shayn.

Himoyachilar: Xuliso Mudau, Olvetu Maxanya, Bredli Kross, Tabang Matuludi, Nkosinati Sibisi, Obrey Modiba, Mbekezeli Mbokazi, Ime Okon, Samukelo Kabini.

Yarim himoyachilar: Teboxo Mokoena, Djeyden Adams, Talent Mbatxa, Yaya Sitxole.

Hujumchilar: Osuin Appollis, Chepang Moremi, Evidens Makgopa, Layl Foster, Ikraam Reyners, Releboxil Mofokeng, Temba Zvane, Tapelo Maseko.

JCH-2026 da JAR jamoasi "A" guruhida bahs olib boradi. Uning raqiblari Meksika, Janubiy Koreya va Chexiya terma jamoalari bo'ladi.

O'xshash yangiliklar