"JCHda hakamlarning halolligiga hech kim shubha qila olmaydi". FIFA Misr terma jamoasining ayblovlariga munosabat bildirdi

9 iyul 2026, 14:05
FIFA hakamlar qo'mitasi raisi Perluidji Kollina JCH 1/8 finalidan o'rin olgan Argentinaga qarshi o'yindagi (2:3) adolatsiz hakamlik bo'yicha Misr tomonining ayblovlaridan so'ng bayonot berdi.

Eslatib o'tamiz, o'yin yakunlanganidan keyin fransiyalik hakam Fransua Letekse Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Hossam Hassan va bir qator futbolchilar tomonidan keskin tanqid qilingan edi, Misr futbol assotsiatsiyasi esa FIFAga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi.

"Hech kim FIFA hakamligiga kimningdir ta’siri o'tishi mumkinligini davo qila olmaydi. Asossiz ayblovlarga sportimizda o'rin yo'q. FIFA jahon chempionati uchrashuvlari hakamlarining halolligini hech kim shubha ostiga qo'ya olmaydi", - deya Kollinaning so'zlarini keltiradi jurnalist Rob Harris.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com