

"Uchrashuv keng muhokamalarga sabab bo'ldi, men sizlarning ko'plab munosabatlaringizni ko'rdim. Futbol ehtiroslarga asoslanadi va bunday shiddatli o'yindan keyin odamlarda doimo turlicha fikrlar bo'ladi. Hakam sifatida men qarorlarni soniyalar ichida, har doim o'yin qoidalariga, shaxsiy qarashlarimga tayangan holda va to'liq xolislik bilan qabul qilaman.
Men o'yindan keyin alohida qarorlarga izoh bermayman. Tanqid - bu kasbning bir qismi va men uni qabul qilaman. Istagan yagona narsam - muhokamalar o'zaro hurmat doirasida bo'lishidir. Hushtak ortida har kuni ko'p mehnat qiladigan va doimo o'yinga halol hamda vijdonan xizmat qilishga intiladigan inson turadi. Hech bir hakam xatosizlikka kafolat bera olmaydi. Ammo men har bir uchrashuvga professionallik, betaraflik va o'yinga bo'lgan hurmat bilan yondashishda davom etishimga vada beraman.
Futbolni butun qalbi va ehtirosi bilan qo'llab-quvvatlayotgan barchaga rahmat. Keyingi o'yinda ko'rishguncha", - deyiladi Leteksening bayonotida.



