Mourinyu "Real"ga kerak bo'lmagan yarim himoyachini aniqladi

9 iyul 2026, 14:38
"Real"ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyu yarim himoya chizig'idagi ustuvorliklarni belgilab oldi.

Portugaliyalik mutaxassis yangi mavsumda Federiko Valverde, Orelen Tchuameni, Arda Gyuler, Bernardu Silva va Jud Bellingemga ishonch bildirishini aniqlab oldi. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Ramon Alvares o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar bergan.

Qayd etilishicha, Joze, shuningdek, "Real"ga kerak bo'lmagan yarim himoyachini ham tanlagan - u fransiyalik Eduardu Kamavinga bo'ldi. Munosib taklif tushsa, u jamoani tark etadi.

O'tgan mavsumda Kamavinga "Real" safida barcha turnirlarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 50 million evroga baholamoqda. Madrid klubi mavsumni sovrinlarsiz yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com