Tchuameni yangi shartnomasiga ko'ra "Real"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanadi

9 iyul 2026, 13:05
"Real" va jamoaning fransiyalik yarim himoyachisi Orelen Tchuameni yangi shartnoma shartlarini kelishib olishdi.

Nufuzli insayder Ben Jeykobsning xabar berishicha, fransiyalik futbolchi kelishuv imzolanganidan keyin klubdagi eng ko'p maosh oluvchi o'yinchilardan biriga aylanadi - yiliga 13 million evro.

Bundan oldin shartnoma 2031 yilgacha imzolanishi xabar qilingan edi.

Uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan. Orelen 2022 yildan beri "Real"da to'p suradi. Yarim himoyachi shu vaqt ichida mardirliklar safida jami 195 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 7 ta gol va 8 ta assist bor

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/JacobsBen