

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
"Borussiya" bilan muzokaralar davom etmoqda. Adeyemi "Barselona"ni shu yozda o'zi o'tishga tayyor bo'lgan yagona klub deb hisoblaydi. "Barsa" o'z taklifini kiritdi va Adeyemini hoziroq qo'lga kiritmoqchi, ayni paytda "Borussiya"ning qarorini kutmoqda", - deb yozdi Romano.
Germaniya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 24 yoshli Karim Adeyemi 28 ta o'yinda maydonga tushib, ettita gol urdi va to'rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida to'qqizta o'yin, uchta gol va ikkita golli uzatma mavjud.



