Misr futbol assotsiatsiyasi JCHdagi Argentina bilan o'yin hakamligi ustidan FIFAga shikoyat qildi

8 iyul 2026, 08:15
Misr futbol assotsiatsiyasi (EFA) Xalqaro futbol federatsiyasiga (FIFA) jahon chempionati 1/8 finalidan o'rin olgan Argentina terma jamoasiga qarshi uchrashuvdagi (2:3) hakamlik ustidan shikoyat arizasini kiritdi.

Bu haqda Globo nashri xabar bermoqda. Uchrashuvni Fransua Letekse (Fransiya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi.

Assotsiatsiya prezidenti Xani Abu Rida o'yindagi bahsli vaziyatlar (Misr terma jamoasining bekor qilingan goli va Argentinaning uchinchi golidan oldingi ehtimoliy penalti) bo'yicha tergov o'tkazishni, shuningdek, Fransiyalik hakamlar brigadasini jahon chempionati yakuniga qadar o'yinlardan chetlatishni` talab qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Globo