Neymarga 10 kun vaqt berildi

9 iyul 2026, 12:40
"Santos" hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasi JCH-2026dan chiqib ketganidan so'ng faoliyatini yakunlashi mumkin.

Bu haqda UOL nashri xabar bermoqda.

Braziliya klubi 34 yoshli vingerga dam olishi va o'z kelajagi borasida bir qarorga kelishi uchun 10 kun vaqt berdi. Katta ehtimol bilan, hujumchi jamoaga qaytadi va yil yakuniga qadar mo'ljallangan shartnomasini oxirigacha etkazadi.

Biroq, forvard JCH-2026dagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng tushkun holatda turibdi. U Braziliya terma jamoasi safidagi 15 yillik faoliyati davomida qilgan xizmatlari munosib baholanmadi deb hisoblaydi.

Shu sababli Neymar bosim kamroq bo'lgan boshqa klubga o'tish yoki faoliyatini butunlay yakunlash variantlarini ham ko'rib chiqmoqda.

Yaqin kunlarda braziliyalik futbolchi o'z kelajagini "Santos" rahbariyati bilan muhokama qiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: UOL