

O'yin yakunida Misr terma jamoasi vakillari francuz hakamining qarorlaridan norozilik bildirgan edi.
"Menimcha, bu 2:0 hisobidan keyin g'alabani qo'ldan boy berib, hissiyotlarga berilishdir. Misrning bekor qilingan goliga kelsak, o'ylaymanki, arbitr bu oyoq bosish holatini o'zi ham ko'rishi mumkin edi, chunki u yaqqol ko'rinib turgandi.
Noto'g'ri qaror haqida gapirish mumkin emas, chunki goldan oldin darhol tezkor vertikal hujum bo'lgandi, shuning uchun VAR haqli ravishda aralashdi va hakamni monitor oldiga chaqirdi. Chunki hujum boshlanishidan oldin qoidabuzarlik aniq edi. Misr darvozasiga belgilangan penalti bo'yicha ham savollar yo'q. Bu himoyachining muammosi edi.
Argentinaning g'alaba to'pi oldidan jarima maydonchasida Muhammad Salohga nisbatan qoidabuzarlik sodir etilgani tuyulishi mumkin edi. Lekin biz o'yinchi aniq to'pga o'ynaganini, shundan so'ng kontakt sodir bo'lganini ko'rmoqdamiz. Bunday vaziyatda penalti belgilash mumkin emas, u yerda qoidabuzarlik yo'q. Bular misrliklar etiroz bildirishi mumkin bo'lgan ikkita vaziyat. Ammo umuman olganda, turnirdagi eng yaxshi yevropalik hakamlardan birining ishi menga yoqdi, u o'yinni juda yaxshi darajada nazorat qildi.
Davolar va kamchiliklar doimo bo'lgan, bo'ladi ham. Ko'pchilik bahsli qarorlar doimo kuchli jamoa foydasiga qabul qilinadi deb gapira boshlaydi, lekin men bu yerda bunday holatni ko'rmadim. Agar hissiyotlarni chetga surib, xolis bo'lsak, ikkita bahsli epizod barchaga tushunarli", – dedi Nikolaev.



