

Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi jamoadoshlariga nisbatan hurmatsizlik qilganlikda ham ayblanmoqda.
Bundan oldinroq, 27 yoshli Geye terma jamoadagi faoliyatini to'xtatgani va unda murabbiylar shtabi almashmaguncha qaytmasligini e'lon qilgani xabar qilingandi.
Eslatib o'tamiz, Senegal 2026 yilgi jahon chempionatini 1/16 finalda yakunlagan edi. Papa Tiav shogirdlari uchrashuvning 86-daqiqasigacha ikki to'p farqi bilan oldinda bora turib, Belgiyaga imkoniyatni boy berishdi va 1/8 finalga chiqa olishmadi. Afrika jamoasini JCHdan chiqarib yuborgan gol uchrashuvning 120+5-daqiqasida penaltidan kiritildi. Geye ushbu JCHdagi to'rtta o'yinda ikkita gol va bitta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Yarim himoyachi Afrika jamoasi safida jami 45 ta o'yin o'tkazib, ettita gol urgan va ikkita samarali uzatmani amalga oshirgan.



