Yevropaning yetakchi ligalari FIFA boshqaruvini isloh qilishni talab qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
25 sen 2026, 16:30
Angliya, Germaniya, Italiya va Ispaniya chempionatlari rahbariyati FIFA boshqaruv tizimini zudlik bilan isloh qilishga chaqiruvchi qo'shma bayonot tayyorlamoqda.

Bu haqda “Sky Sports” xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ligalar vakillari asosiy masalalar bo'yicha, jumladan, xalqaro futbol taqvimini shakllantirishda maslahatlashuvlarni kengaytirishni talab qilishadi. Bayonotda FIFA prezidenti Janni Infantinoning iste'fosi talabi bo'lish-bo'lmasligi hozircha noma'lum.

Iyul oyida Infantino FIFAning asosiy erkaklar va ayollar o'rtasidagi musobaqalarini nazorat qilishi kerak bo'lgan FIFA Forward Enterprise kompaniyasini tashkil etishni taklif qilgani xabar qilingandi. Ushbu loyiha orqali 4,2 milliard dollar jalb etilishi ko'zda tutilgandi, ammo mazkur tashabbus futbol mutasaddilari, federatsiyalar va tashkilotlar tomonidan tanqidga uchradi.

56 yoshli Infantino 2016 yilning fevralidan buyon FIFAni boshqarib kelmoqda. Keyinchalik u muqobilsiz asosda ikki marta qayta saylangan. Tashkilot prezidenti uchun navbatdagi saylov 2027 yilning martida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports