Fernandesh: "Bizga 3 ochko kerak edi va biz uni qo'lga kiritdik"

Sherzod Nurmatov
25 sen 2026, 13:35
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh Millatlar Ligasi bahsida Uels ustidan qozonilgan g'alaba (1:0) haqida fikr bildirdi.

"Portugaliya terma jamoasi juda yaxshi o'yin o'tkazdi. Uchrashuvni nazorat qildik va yana gol urish uchun ko'plab imkoniyatlar yaratdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Bizga uch ochko kerak edi va biz uni qo'lga kiritdik", – dedi Brunu.

27 sentyabr kuni Portugaliya Osloda Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi, Uels esa Kopengagenda Daniya bilan bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com