Jamoasi yirik g'alabani tantana qilgan murabbiy, dubl qayd etgan rossiyalik futbolchi. Proligada 20-turning eng yaxshilari aniqlandi

Sherzod Nurmatov
25 sen 2026, 14:30
20-22 sentyabr sanalarida O'zbekiston Proligasida 20-turdan o'rin olgan 6 ta o'yin bo'lib o'tdi.

Championat.asia sayti turning eng yaxshilarini aniqladi.

Tur murabbiyi - Jamoliddin Rahmatullaev (Respublika FA)

Respublika FA ortda qolgan turda Qarshida “Lochin”dan yirik hisobda ustun keldi (3:0). Uchrashuvda mehmonlar yorqin o'yin ko'rsatib, munosib ravishda yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Bunda jamoa ustozi Jamoliddin Rahmatullaevning o'rni katta. Shu tariqa, aynan Rahmatullaev tur murabbiyi deb topildi.

Pro liga eng yaxshi murabbiy kopiya (14).jpg

Tur futbolchisi - Evgeniy Kozlov (“Aral”)

“Aral” bu turda Nukusdagi “Turon” stadionida “Yaypan” ustidan 5:2 hisobida g'alabaga erishdi. Bahsda “Aral” hujumchisi dubl qayd etib, jamoasi yirik hisobda zafar quchishida katta hissa qo'shdi. Shunday qilib, aynan rossiyalik futbolchi tur futbolchisi sifatida etirof etildi.

Pro liga eng yaxshi futbolchi kopiya (13).jpg

Tur darvozaboni - Mohirbek Komilov (“Metallurg”)

“Metallurg” bu turda Bekobodda “QMU Jayxun”ni qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi (1:0). Bahsda bekobodliklar darvozaboni Mohirbek Komilov bir qator vaziyatlarda o'zining eng yaxshi tomonlarini ko'rsatib, darvozani “quruq” saqladi va tur darvozaboni nomiga loyiq deb topildi.

Pro liga eng yaxshi darvozabon kopiya (13).jpg

Tur goli - Akbarxon Ibrohimxonov (“Yaypan”)

“Yaypan” “Aral”ga imkoniyatni boy berganiga (2:5) qaramay, jamoa yarim himoyachisi Akbarxon Ibrohimxonov chap qanotda to'pni qabul qilib, olib o'ng oyoqdagi aylanma zarbasi orqali darvozani nishonga oldi. Uning zarbasidan keyin to'p darvoza ustuni tegib, darvoza to'ridan joy oldi. Shu tariqa, aynan shu gol turdagi eng chiroylisi nomiga loyiq ko'rildi.

Pro liga eng Tur goli kopiya (14).jpg

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia