

"TEAMtalk" ma'lumotiga ko'ra, futbolchi mankunianliklar skautlarini o'ziga jalb qilgan.
Seys "Manchester Yunayted"ning Lyuk Shouga o'rinbosar bo'lishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatida muhim o'rin egallamoqda. Avvalroq klub Lyuis Xoll va Nataneyl Braunni ustuvor nomzodlar sifatida ko'rib chiqqan edi.
Seys joriy mavsumda barcha turnirlarda 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning "Bryugge" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
"Transfermarkt" ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil etadi.



