Morgan Rojers: "Menga Ronaldu ko'proq yoqadi, ammo 39 yoshli Messiga qarshi turish deyarli imkonsiz edi"

24 sen 2026, 23:15
"Chelsi" va Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Morgan Rojers Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o'rtasidagi tanlovi haqida fikr bildirdi.

"Shaxsan menga Ronaldu ko'proq yoqadi. Ammo Jahon chempionati yarim finalida 39 yoshli Messiga qarshi o'ynadim va bu juda qiyin bo'ldi. U faoliyatining eng yuqori cho'qqisida qanday bo'lganini tasavvur qilish ham qiyin.

Menimcha, eng yaxshi paytlarida unga qarshi umuman chora topish qiyin bo'lgan. O'sha uchrashuvda unga qarshi turish deyarli imkonsiz edi - axir u 39 yoshda edi!" - dedi Rojers "Chelsi" klubi kanalidagi CFC Unlocked dasturida.

2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Angliya Argentinaga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan. Messi uchrashuvning so'nggi daqiqalarida Enco Fernandes va Lautaro Martinesning gollariga ikkita golli uzatma bergan.

O'xshash yangiliklar


Manba: CFC Unlocked