Klopp: "Durang - normal natija"

Sherzod Nurmatov
25 sen 2026, 15:40
Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Millatlar Ligasi doirasida Niderlandiya bilan bo'lgan durang (1:1) haqida fikrlarini bildirdi.

"Oxirgi 2,5 yil ichida futbolni tushunishni unutib qo'yganim yo'q. Men maydonda nima sodir bo'layotganini ko'rib turdim. Durang - normal natija.

Mark-Andre ter Shtegen ajoyib o'ynadi. Ko'proq gol urishimiz mumkin edi, ammo urolmadik, Kodi Gakponing goli esa shunchaki hayratlanarli bo'ldi", – dedi Klopp.

27 sentyabr kuni Germaniya o'z maydonida Gretsiyaga qarshi bahs olib boradi, Niderlandiya esa safarda Serbiya bilan kuch sinashadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: UEFA.com