O'zbekistonlik hakamlar 2027 yilgi Osiyo Kubogida faoliyat olib boradi

Sherzod Nurmatov
25 sen 2026, 13:10
2027 yil 7 yanvardan 5 fevralga qadar Saudiya Arabistonining Ar-Riyod, Jidda va Al Xobar shaharlarida Osiyo Kubogi bo'lib o'tadi.

Nufuzli musobaqada o'zbekistonlik hakamlar va mutaxassislar ham faoliyat olib boradi.

Jumladan, Ilgiz Tantashev va Asker Najafaliev bosh hakam, Timur Gaynullin, Andrey Sapenko va Baxtiyorxo'ja Shavkatov yordamchi hakam, Firdavs Norsafarov esa VAR sifatida turnir uchrashuvlarida xizmat qiladi.

Shuningdek, Valentin Kovalenko Osiyo Kubogida hakamlar nazoratchisi bo'lib ishlaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати