Xaverc va Musiala yaqin oradagi o'yinlarda Germaniya terma jamoasiga yordam berolmaydi

Sherzod Nurmatov
25 sen 2026, 16:05
Germaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Millatlar Ligasi doirasida Niderlandiya bilan bo'lgan durangdan (1:1) so'ng Kay Xaverc va Jamol Musialaning jarohatlari haqida gapirib berdi.

"Katta ehtimol bilan ularning xizmatidan foydalana olmaymiz, lekin ular nisbatan tezroq safga qaytishiga umid qilaman", – dedi Klopp.

27 yoshli Xaverc niderlandiyaliklarga qarshi uchrashuvning 30-daqiqasida almashtirildi, Musiala esa hatto o'yin qaydnomasiga ham kiritilmagandi.

27 sentyabr kuni Germaniya Millatlar ligasi 2-turi doirasida o'z maydonida Gretsiya bilan bahs olib boradi. Shuningdek, nemislarda oktyabr oyida yana ikkita o'yin rejalashtirilgan - o'z uyida Serbiya bilan (1 oktyabr) va safarda Gretsiya bilan (4 oktyabr).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RTL