Zidan: “Mbappe bilan hammasi joyida. U Turkiyaga qarshi o'ynashga tayyor bo'ladi”

Sherzod Nurmatov
25 sen 2026, 16:55
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Millatlar Ligasi doirasidagi Turkiyaga qarshi bahs oldidan jamoa sardori Kilian Mbappening salomatligi borasidagi barcha xavotirlarni bartaraf etdi.

Avvalroq OAVda yulduz hujumchi grippsimon sindrom sabab seshanba kungi jamoaviy mashg'ulotni o'tkazib yuborishga majbur bo'lgani haqida xabarlar tarqalgandi. Salomatlikdagi kutilmagan muammolar muxlislarni xavotirga solgan bo'lsa-da, Zidan vaziyat nazorat ostida ekanini aytib, jamoatchilikni tinchlantirdi:

“Kilian Mbappe bilan hammasi joyida. Unning biroz tobi qochdi, lekin jiddiy hech narsa yo'q. U maydonga tushishga tayyor bo'ladi”, – dedi Zidan.

Turkiya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 25 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Butun dunyo e'tibori ushbu to'qnashuvga qaratilishining yana bir sababi - aynan shu o'yin Zinedin Zidanning milliy terma jamoa boshqaruvidagi rasmiy murabbiylik debyutiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport