

“Ham natijadan, ham o'yindan mamnunman. Natija muhim, chunki o'yinni tahlil qilishda aynan unga tayanamiz. Ammo g'alaba qozonmaganimizda ham, baribir himoyadagi o'yinimizni tahlil qilgan bo'lardim. Jamoa g'alabali hisobni saqlab qolishning uddasidan chiqdi. Gol o'tkazib yubormaslik juda muhim edi.
Ayrim futbolchilar bundan ham yaxshiroq o'ynay olishadi, lekin o'yin rejamiz nuqtayi nazaridan, ilk uchrashuv uchun yaxshi harakat qildik”, – deya Jezushning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
27 sentyabr kuni Portugaliya Osloda Norvegiyaga qarshi maydonga tushadi, Uels esa Kopengagenda Daniya bilan kuch sinashadi.



