Manba: Husanovni APLning boshqa top-jamoasi kuzatmoqda va qishda tarkibiga qo'shib olmoqchi

24 sen 2026, 21:14
"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanovga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

"CaughtOffside" ma'lumotiga ko'ra, London klubi 22 yoshli futbolchini qishki transferlar oynasida tarkibiga qo'shib olish variantni ko'rib chiqmoqda.

"Chelsi" APLning dastlabki 5 turida o'z darvozasidan 12 ta gol o'tkazib yuborgan. Shu sababli londonliklar himoya chizig'ini kuchaytirish variantlarini hozirdanoq o'rganmoqda va agarda Husanov “Siti”da zaxira varianti sifatida ko'rilsa, uni tarkibiga qo'shib olmoqchi.

Husanov "Manchester Siti" tarkibida hozirga qadar 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

O'zbekistonlik himoyachining bozordagi taxminiy qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: CaughtOffside