

Keynning izohini The Standard portali keltiradi. Avvalroq Ispaniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lamin Yamal o'zini mukofot uchun favorit deb atagan edi. Madridning "Real" klubi fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe esa sovrinni aynan u olishi kerakligini aytgandi.
"Yamal va Mbappening bayonotlarimi? O'zim haqida bunday deyish mening xarakterimga xos emas. O'tgan mavsumda erishgan yutuqlarimdan faxrlanaman va mening natijalarim boshqalarnikidan hech ham kam bo'lmaganini yaxshi bilaman. Agar g'olib chiqsam, cheksiz faxrlangan bo'lardim, chunki bu borada aniq imkoniyatlarim bor deb o'ylayman", - dedi Keyn.
2025/26 yilgi mavsumda Keyn "Bavariya" bilan birga Germaniya chempioni, mamlakat kubogi va superkubogi sohibiga aylandi, shuningdek, Bundesliganing eng yaxshi to'purari maqomini oldi. U Angliya terma jamoasi bilan birga AQSH, Kanada va Meksikada o'tgan 2026 yilgi jahon chempionatining bronza medalini qo'lga kiritdi.



