"Manchester Yunayted" "Old Trafford" maysazori bo'laklarini 145 evrodan sotishni boshladi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2026, 23:48
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi "Old Trafford" maysazori bo'laklarini shisha kublarda 125 funt (145 evro)dan sotuvga qo'ydi.

Bu haqda mankunianliklarning rasmiy saytida xabar berildi.

Klub OAV ma'lumotlariga ko'ra, iyun oyida stadion maydoni 14 yil ichida ilk bor poydevorigacha to'liq kavlab olingan. Maysazorning ayrim qismlari tuprog'i bilan birga saqlab qolingan va shaffof shisha kublarga joylashtirilgan. Abonement egalariga ushbu suvenirni sotib olish uchun eksklyuziv erta foydalanish huquqi berildi.

Avvalroq "Manchester Yunayted"ning qarzlari taxminan 1,6 mlrd funtni (1,856 mlrd evro) tashkil etishi haqida xabar berilgan edi.

APLning beshta o'yinida mankunianliklar besh ochko jamg'arishdi, jamoa turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: manutd.com