

"Men u [Benzema] bilan "Real"da ko'plab ajoyib yillarni o'tkazganman. Karimni hurmat qilaman, lekin u endi yosh emas. Kante bilan bog'liq vaziyat ham shunga o'xshash. Men ular erishgan barcha yutuqlarga, ularning faoliyatiga hayrat bilan qarayman... lekin bugun menga yoshroq o'yinchilar kerak", - dedi Zidan so'zlarini keltiradi RMC Sport.
Benzema Fransiya terma jamoasidagi oxirgi o'yinini 2022 yilda o'tkazgan. Kante esa 2026 yilgi jahon chempionati uchun milliy jamoaga chaqirilgan, ammo ushbu turnirda bir daqiqa ham maydonga tushmagan edi.



