"Real" Fransiya terma jamoasida jarohat olgan Konatening tashxisini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
25 sen 2026, 17:20
"Real" himoyachisi Ibraima Konate Fransiya milliy terma jamoasi ixtiyorida bo'lgan vaqtida jarohat oldi.

"Bugun "Real" tibbiy xizmati tomonidan o'tkazilgan tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, futbolchimiz Ibraima Konateda o'ng tizzaning yon boylami shikastlangani aniqlandi. O'yinchining holati dinamikada baholab boriladi", – deyiladi Madrid klubi bayonotida.

Konate 23 sentyabr kuni Millatlar Ligasi o'yinlari oldidan Fransiya terma jamoasi mashg'ulotida shikastlangandi. OAV xabariga ko'ra, futbolchi o'ng tizzasida og'riq his qilib, mashg'ulotni muddatidan oldin yakunlagan. Dastlabki ko'rik engil cho'zilishni ko'rsatgach, himoyachi milliy jamoa ixtiyorini tark etib, Madridga qaytdi. Uning o'rniga "Manchester Yunayted" futbolchisi Leni Yoro chaqirildi.

Konate "Real"dagi debyut mavsumida 7 ta rasmiy uchrashuv o'tkazib, ularning har birida 90 daqiqadan - jami 630 daqiqa harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com