Zinedin Zidan: "Juda xayajondaman"

24 sen 2026, 22:28
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Turkiyaga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

- Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatidagi ilk o'yiningiz oldidan qanday hislarni boshdan kechiryapsiz?

- Juda katta hissiyotni boshdan kechiryapman. 32 yil - juda uzoq vaqt. Bugun Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida shu yerda turganimdan juda katta hayajondaman.

- Sizning o'zingizga xos o'yin uslubingiz qanday bo'ladi? "Zidan o'yini"ni ko'ramizmi?

- "Zidan o'yini" degan narsa yo'q. Ertaga hamma Fransiya terma jamoasini ko'radi. Biz uchun eng muhimi - yaxshi o'ynash va g'alaba qozonish.

photo_2026-09-24_21-18-57.jpg

- Turkiya terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?

- Bu juda yaxshi jamoa. Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmagani ular uchun kutilmagan holat bo'ldi, chunki ular bundan yaxshiroq natijaga loyiq edi. Ertaga ular bizga muammo tug'diradi.

- Arda Gyuler haqida nima deya olasiz?

- Arda Gyuler juda-juda yaxshi futbolchi. Uning "Real"da o'ynayotganidan xursandman. Ardaning istedodi yuqori va uni rivojlanayotganini ko'ryapmiz.

- Sizning Fransiya terma jamoasiga kelganingiz atrofida juda katta shov-shuv bor. Bu sizga ta’sir qilyaptimi?

- Bu tabiiy holat. Dide Deshamdan keyingi 14 yillik davrdan so'ng bu yangi narsa. Lekin asosiy qahramonlar - futbolchilar. Men o'z rolimda qolaman.

photo_2026-09-24_21-18-56.jpg

- Atrofingizdagi bu katta e'tibor sizga xalaqit beryaptimi?

- Ha, bu meni biroz bezovta qiladi. Lekin bunday narsalar qanday bo'lishini qabul qilish kerak. Men buning uchun bu yerda emasman. Men futbolchilarim bilan ishlash va o'yinlarda g'alaba qozonish uchun shu yerdaman.

- Yosh futbolchilarning terma jamoaga qo'shilishi haqida qanday fikrdasiz?

- Ko'rayotganlarimdan xursandman. Yosh futbolchilarni chaqirishdan maqsad ham shu edi. Fransiya terma jamoasi hamma uchun ochiq. Bizda tajribali futbolchilar ham, yoshlar ham bor va yaxshi guruh shakllangan.

- Kilian Mbappening ertangi o'yinda maydonga tushishiga umid qilyapsizmi?

- Ertaga qandaydir tarzda uning o'ynashini umid qilaman.

- Siz Mbappeni "Real Madrid"da ishlagan paytingizda ham tanir edingiz. O'shanda Fransiya terma jamoasida birga ishlashingizni tasavvur qilganmidingiz?

- U "Real Madrid"ga kelganida, 14 yil o'tib Fransiya terma jamoasida birga ishlashimizni tasavvur ham qilmagandim. Ammo uning potencialini o'sha paytdayoq ko'rganman.

- Fransiya terma jamoasining sardor kim bo'ladi?

- Kilian Mbappe sardor bo'ladi. Usmon Dembele, Adrien Rabo va Jyul Kunde esa vice-sardorlar bo'lishadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport