Fransiya terma jamoasi Zidan qo'l ostida ilk mashg'ulotini o'tkazdi

Sherzod Nurmatov
22 sen 2026, 19:50
Fransiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan dushanba kuni Millatlar Ligasining yangi mavsumi boshlanishi oldidan jamoa bilan ilk mashg'ulotini olib bordi.

Mashg'ulotda 12 nafar futbolchi ishtirok etdi. Tiklanish xususiyatiga ega bo'lgan ushbu mashg'ulot jarayonini 50 ga yaqin jurnalist kuzatib bordi.

Mashg'ulotda Zidanga "Real"da u bilan birga ishlagan yordamchisi David Bettoni hamda terma jamoadagi sobiq sherigi, JCH-1998 va Evro-2000 g'olibi, ayni paytda Fransiya termasining darvozabonlar murabbiyi bo'lib faoliyat yuritayotgan Faben Bartez hamrohlik qildi.

Mashg'ulot qisqa ikki tomonlama o'yin bilan yakunlandi, shundan so'ng futbolchilar bevosita Zidanning o'zi uzatib turgan to'plardan keyin darvozaga zarbalar berishdi.

54 yoshli fransiyalik 2026 yilning 1 avgustidan buyon terma jamoani boshqarib kelmoqda. Uning shartnomasi 2030 yilning 31 iyuligacha mo'ljallangan.

Fransiya terma jamoasini Millatlar Ligasida 4 ta uchrashuv kutmoqda: 25 va 28 sentyabr kunlari safarda Turkiya va Belgiyaga qarshi, so'ngra 2 va 5 oktyabr kunlari "Stad de Frans"da Italiya va Belgiyaga qarshi uy o'yinlari.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RFI