Zidan: "Mbappe - Fransiya terma jamoasi sardori. Jamoada “Oltin to'p”ni muhokama qilmaymiz"

19 sen 2026, 00:10
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Kilian Mbappe milliy jamoa sardori bo'lib qolishini tasdiqladi.

"Ha, Kilian Mbappe mening jamoamda sardori bo'ladi. Bu aniq. Boshqa sardorlar kim bo'lishi haqida esa tez orada bilib olasizlar", - dedi Zidan.

Mutaxassis jamoa ichida "Oltin to'p" uchun bahslar bo'lmasligini ta'kidladi.

"Oltin to'p" haqida munozaralar doimo bo'ladi. Men ularga aralashmayman. Bunga barham bera olmayman, chunki har kuni bahslar bo'ladi va har kim o'z fikrini bildirish huquqiga ega.

Men “Oltin to'p” sohibi bo'lish nimani anglatishini yaxshi bilaman. Har bir futbolchining bir kun kelib bu sovrinni qo'lga kiritish orzusi bor. Bazida bahslar yuzaga keladi. Ammo barchamiz bir joyga yig'ilganimizda hech qanday munozara bo'lmaydi. Biz bu haqda gaplashmaymiz.

Jamoa ichida muammolar bo'lmaydi. Bizning yagona maqsadimiz - to'rtta uchrashuvni o'tkazish", - deya Zidanning so'zlarini keltiradi RMC Sport.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport