

Bu haqda jurnalist va insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Sentyabr oyida xorvatiyalik futbolchi 41 yoshga to'ladi. Avvalroq Modrich "Milan" bilan shartnomasini uzaytirmasligi va kelayotgan yozda jamoani tark etishi haqida xabar berilgan edi. Yaqin orada futbolchi milliy terma jamoa bilan birgalikda o'z faoliyatidagi so'nggi jahon chempionatiga yo'l oladi.
Modrich "Milan"ga 2025 yilning yozida erkin agent maqomida o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda u "Milan" tarkibida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "rossoneri" bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt internet-portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining taxminiy qiymati 4 mln evroni tashkil qiladi.
Avvalroq futbolchi "Real", "Tottenxem", Zagrebning "Dinamo", "Inter Zapreshich" va "XSK Zrinski Mostar" jamoalarida to'p surgan.



