"Guliston" bosh murabbiyi Abbos Ergashev: "Raqibga mos taktika ishlab chiqqan edik. Reja amalga oshdi"

Administrator
26 may 2026, 23:20
O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Guliston" va "Buxoro" o'rtasidagi bahsdan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Abbos Ergashev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Sirdaryolik barcha muxlislarni tabriklayman. Klub rahbarlari, viloyatdagi futbolga aloqadar insonlarni g'alaba bilan qutlayman. O'yinga kelsak, raqibga mos taktika ishlab chiqqan edik. O'ylaymanki, bu rejalar hammasi o'xshadi. Raqib Superliga jamoasi bo'lgani sababali tarkib to'liq kuchli edi. Biz qarshi hujum taktikasini tanlab uchrashuvda g'alaba qozondik", -deydi Abbos Ergashev.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Championat.asia