

Bu haqda jurnalist va insayder Florian Plettenberg Sky Sports ma'lumotlariga tayanib, X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, ayni bosqichda "Manchester Siti" futbolchiga eng katta qiziqish ko'rsatmoqda. Bu "shaharliklar"ning ehtimoliy yangi bosh murabbiyi Enco Mareskaning rejalari bilan bog'liq - u Fernandesni asosiy tarkib va o'z loyihasining muhim o'yinchilaridan biri sifatida ko'rmoqda va jamoaga taklif qilmoqchi. "Real" va PSJ ham xavbekni o'zlarining short-listiga kiritishgan, biroq transfer bo'yicha hozircha aniq taklif bilan chiqishmagan.
Avvalroq argentinalik xavbek "Real"ga o'tish variantiga ijobiy qarayotgani haqida xabar berilgan edi.
2025/2026 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi barcha turnirlarda 54 ta o'yinda ishtirok etib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilning yozigacha hisoblangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Fernandesning bozor qiymati 90 mln evroga teng.



