"Tottenxem" "Man Siti" vingerini sotib olish ustida ishlamoqda

Administrator
26 may 2026, 23:53
Savino faoliyatini London klubiga davom ettirishi mumkin.

Evening Standard xabariga ko'ra, londonliklar "Manchester Siti" vingerining transferi ustida ishni qayta boshlagan. O'tgan yozda tomonlar uning transferi borasida kelishuvga erishgan, biroq qandaydir sababga ko'ra kelishuv amalga oshmay qolgan. Ushbu mavsum APLda jon saqlash uchun kurashgan klub yangi mavsumga jiddiy tayyorgarlik ko'rishni maqsad qilgan. Shu sababli, "shporlar" allaqachon transfer rejalarini tuzishmoqda.

Bu mavsumda braziliyalik APLning 24 ta o'yinida qatnashdi, biroq maydonda o'rtacha atigi 34 daqiqa o'ynadi. Savinoning o'zi ham kam o'yin amaliyotiga ega ekanidan mamnun emas.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Evening Standard