

23 yoshli xavbekning agentlari bilan dastlabki muzokaralar bo'lib o'tdi. Bu haqda talkSPORT xabar tarqatdi.
Manbaning ma'lum qilishicha, "kanonirlar" bu borada "Manchester Yunayted" va "Chelsi" tomonidan jiddiy raqobatga duch kelishlari mumkin. "Aston Villa" Rodjersni kamida 80 mln funtga (92,8 mln evro) baholamoqda, biroq futbolchi uchun kurash kuchayib ketsa, uning narxi 100 mln funt sterlinggacha (116 mln evro) ko'tarilishi mumkin.
Joriy mavsumda Rodjers barcha turnirlarda 55 ta uchrashuvda qatnashib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, uning ayni paytdagi bozor qiymati 80 mln evroni tashkil etadi.



