

– O'yin haqida
– Yurtdoshlarimizni bayram bilan tabriklayman. Munosib o'yin ko'rsatishni maqsad qilgandik. Standard vaziyatdan uchta gol o'tkazdik. Markazda futbolchilarimiz oqsashdi. Ko'p to'p yo'qotdik. "Nasaf"ning kuchli tarafi to'p nazorati. Raqibni tabriklaymiz.
– Kubok o'yinlari Pro ligada ishtirok etayotgan jamoangiz uchun qanday rol o'ynadi?
– Biz rotaciya qildik. Superliga jamoasiga qarshi o'ynashga tayyor emasligimiz ko'rinib turibdi. Futbolchilarni sinab oldik.
– Jamoadagi legionerlar ishonchni oqlayaptimi?
– Proligada ularni o'yinidan qoniqyapman. Superliga jamoasiga qarshi farq sezilib qoldi. Jamoaviy intizomni ushlab qola olmadik.
– Ikkinchi gol haqidagi fikringiz qanday? Jonli devor noto'g'ri qo'yildimi yoki...?
– Oddiy holatda to'p yo'qotdik. Tayanch yarim himoyachimiz to'p yo'qotdi, keyin fol... Jarima zarbasida nima bo'lganida unchalik ko'rinmadi. Lekin to'p o'rtadan kirdi, bu esa jonli devor o'z funkciyasini oxirgacha bajarmaganini anglatadi.
– Ikkita avtogol sizga nimani anglatadi?
– Birinchi holatda darvozabon xatoga yo'l qo'ydi. Uning o'zi raqib o'yinchisi qo'lini ushlab qolganini aytdi. "Nasaf" Superliga jamoasi hisoblanadi. Ular bizga nisbatan g'alabani ko'proq xohlashdi. Xatolarga nima sabab bo'lganini ko'rib chiqamiz.
– Jamoangiz o'yinning boshida negadir sust harakat qildi. Bunga sabab nima bo'ldi?
– Bir yilda yaxshi jamoa tuzib bo'lmaydi. Qo'rquv ishonchsizlikdan, lekin qo'rqsa, yaxshisi maydonga tushmagan yaxshi. Biz qo'rqmasligimiz kerak. Ayrim futbolchilarimizni o'ziga ishonchi yo'q. O'yin tempi oshgan sari futbolchilarimiz bugungi o'yinga tayyormasdek ko'rinib qoldi.
– Pro ligada "Aral" bilan qo'shhokimlik o'rnatilgan. Aytdingizki, bir yilda jamoa tashkil qilish qiyin. Hozirgi jamoa bilan Superligaga chiqish vazifasini uddalasa bo'ladimi?
– Rahbariyat tomonidan maqsad qo'yilgan. Davralar oralig'ida oqsayotgan poziciyalarimizga futbolchilar olmoqchimiz. Uchta o'yinimiz bor. Proliga darajasida futbolchilarimiz yomon o'ynayapti deya olmayman. Ular harakat qilishmoqda.



