Ro'ziqul Berdiev: "Sho'rtan"dan yaxshiroq o'yin kutgan edik"

Administrator
27 may 2026, 00:47
O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Nasaf" hamda "Sho'rtan" o'rtasidagi bahsdan so'ng qarshiliklar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'yin haqida

– "Sho'rtan"dan yaxshiroq o'yin kutgan edik. Derbi edi. Ammo yigitlarimiz raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Biz keyingi bosqichdamiz, asosiy vazifa uddalandi.

– "Nasaf"ning bugungi g'alabani kimga bag'ishladik?

– Katta o'yin ham emas. Muxlislarga bag'ishlaymiz.

– Menimcha, savolda Erkin Kiyamov nazarda tutildi...

– U inson biz uchun qadrli edi. Ish jarayonida ajoyib suhbatlar bo'lardi. "Dinamo Kiev" bilan o'yin haqida ko'p aytib berardi. Yaxshi inson, yaxshi murabbiy hozir oldimizda yo'q. Doim yodimizda tutamiz. Muzeyimizda ularning tarixiy rasmlari bor. Hech qachon bu kishini unutmaymiz.

– "Nasaf" tarkibida o'ynayotgan yana qaysi futbolchilarni terma jamoa darajasida deb bilasiz?

– Termada o'ynagan futbolchilarimiz bor. Alibek Davronov jarohati sabab Olimpiadani, endi Jahon chempionatini qo'yib yubormoqda. Shu narsa hafa qildi bizni. Bundan tashqari bir necha futbolchilarimiz bor, ammo murabbiy qarorini hurmat qilishimiz lozim. Mundialda ularga omad tilaymiz. Barchamizning orzumizni ular amalga oshirishdi. Futbolchilarimiz kerakli ishni qilib bo'lishdi, hech qanday bosimsiz harakat qilishsa bo'ldi. Chiroyli futbol o'ynab, futbolimiz darajasi yaxshi ekanini ko'rsatishsa bo'ldi. Kuchli raqiblarga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rish odatimiz bor, bu bizni tabiatimizda bor.

"Nasaf" keyingi bosqichda nimani maqsad qilgan?

– Birinchi maqsad guruhdan chiqish edi. Bu yil kubokka ham yaxshi e'tibor qaratamiz.

– Bu yil futbol klublariga kam mablag' ajratilmoqda, keyingi yillarda bu yanada kamayadi. Siz "Nasaf"ni keyingi 3-5 yil ichida qanday ko'rasiz?

– Biz poydevor yaratib boryapmiz. Tarkibimizdagi 10 ta futbolchi 20 yoshli yigitlar. Keyinchalik muammo boshlansa ham ular bizni jamoamizni mavqeini saqlab qoladi. Oldin ham bunday holat bo'lgan bizda. Bilasizlar, mamlakatimizda futbolga yaxshi e'tibor beriladi. Keyinchalik ham futbolchi qo'llab turadiganlar topiladi. Hammasi yaxshi bo'ladi. Jamoamizda kelajakda bo'ladigan voqeliklarga tayyorgarlik bor. Moliyaviy masalada qiyinchiliklar bor. Biz masala echilishiga ishonamiz. Jamoani kuchaytirish masalasida ijobiy fikr almashdik.

– Tanaffus paytida jamoani biror futbolchi tark etishidan hadik bormi?

– Albatta, hech kim tarkibidagi futbolchi kyetib qolishini istamaydi, ayniqsa hozirgi qiyinchilik paytida. Lekin agarda futbolchini ketishi jamoaga foyda olib keladigan bo'lsa, bu takliflarni ko'rib chiqishimiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Championat.asia