Arteta APLning 2025/2026 yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

27 may 2026, 07:50
Ispaniyalik mutaxassis Mikel Arteta Angliya Premer-ligasining 2025/2026 yilgi mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi.

Bu haqda musobaqa matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.

Arteta qo'l ostida "kanonirlar" Angliya chempioniga aylanishdi. 38 tur yakunlariga ko'ra, ular 85 ochko jamg'arib, eng yaqin taqibchisi - "Manchester Siti"ni 7 ochkoga ortda qoldirishdi. "Arsenal" oxirgi 22 yil ichida ilk bor APLda g'olib chiqdi.

Arteta London jamoasini 2019 yilning dekabr oyidan buyon boshqarib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida "Arsenal" Angliya chempionligidan tashqari, mamlakat Kubogi va ikki marta Superkubogini qo'lga kiritdi.

Shanba kuni, 30 may kuni Arteta shogirdlari Chempionlar ligasi finalida PSJ bilan to'qnash kelishadi. O'yin Budapeshtdagi "Pushkash Arena" stadionida bo'lib o'tadi.

1779831709124302598.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: FAPL.com