

Futbolchining o'ng boldir mushaklarida shish borligi aniqlandi. Bu haqda Ge Globo xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, jarohat jiddiy hisoblanmaydi, biroq futbolchi davolanish kursidan o'tishi va vaqtinchalik jismoniy yuklamalarni cheklashi kerak bo'ladi. Ayni paytda 34 yoshli forvard "Santos" mashg'ulotlar bazasida shaxsiy tibbiy shtabi nazorati ostida tiklanish jarayonini o'tamoqda. Bundan tashqari, Neymarning holatini Braziliya futbol konfederatsiyasi mutaxassislari ham nazorat qilib borishyapti.
Hujumchi 27 mayga qadar to'liq mashg'ulotlarga qaytishi va jahon chempionati boshlanishidan oldin terma jamoa ixtiyoriga qo'shilishi kerak.



