

"Yaxshi g'alaba bo'ldi. G'alaba qozonishni juda xohladik va bu natijaga munosib edik. Anchagina mehnat qilishimizga to'g'ri keldi. Angliya terma jamoasiga o'yinga kirishib ketish uchun biroz vaqt kerak bo'ldi, ammo dastlabki 15 daqiqadan so'ng yaxshiroq harakat qila boshladik, gol urdik va o'zimizni ishonchliroq his qildik. Xafli vaziyatlar va darvozaga tomon yaxshi yurishlar bo'ldi", – deya Tuxelning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Angliya 12 ochko jamg'arib, Millatlar ligasi A-3 guruhida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Xorvatiya esa 3 ochko bilan uchinchi pog'onada bormoqda.



