Tuxel: "Boshqa Harri Keynni topolmaysiz"

Sherzod Nurmatov
1 okt 2026, 14:20
Millatlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi Chexiyaga qarshi uchrashuvda (2:0) 32 yoshli Keyn Angliya terma jamoasi safidagi 87-golini urdi.

"Bavariya" hujumchisi milliy jamoa tarixida 100 ta gol marrasini zabt etgan ilk futbolchiga aylanishi uchun endi bor-yo'g'i 13 ta gol qoldi. U terma jamoa libosida 123 ta o'yin o'tkazgan.

"Birinchidan, siz boshqa Harri Keynni topolmaysiz. Biz boshqa variantlar va echimlarni qidirmoqdamiz. Boshqa kimdir paydo bo'lar, biroq u Harri ham, Harrining nusxasi ham bo'lmaydi", – dedi germaniyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Keyn terma jamoadagi debyutini 2015 yilda o'tkazgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com