

"Biz o'yinni nazorat qilishni yaxshi ko'radigan Ispaniya kabi jamoaga qarshi uchrashuvni juda omadsiz boshladik. Bu ishonchimizga biroz putur etkazdi, bu tabiiy hol. Biz yana ikkita jiddiy xatoga yo'l qo'ydik va yana ikkita ajoyib imkoniyatni boy berdik. Ammo bu vaziyatlarni engib o'tdik va asta-sekin o'yinga kirishib ketdik. Topni yo'qotmasdan juda jurat bilan o'ynadik, to'p bilan yanada yaxshiroq ishladik, ko'proq imkoniyatlar yaratdik. Farq shunda bo'ldiki, ular maydonning so'nggi uchinchi qismida ancha bosiq va ishonchli harakat qilishdi.
Afsuski, navbatdagi texnik xato qimmatga tushdi, tashabbus yana ularga o'tdi va biz o'yindan gol o'tkazib yubordik, vaholanki, yaxshiroq himoyalanishimiz kerak edi. Nima uchun son-sanoqsiz xatolarga yo'l qo'yayotganimizni tushunmayapman. Albatta, biz eng kuchlilarga qarshi o'ynayapmiz. Ammo bu juda tesh-tez sodir bo'lmoqda va eng yuqori darajada bizni buning uchun jazolashmoqda", - dedi Tuxel Sky Sports nashriga.



